Yo‘llarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari davom etmoqda
-
Karmana tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega D190 (4R64) “M37 avtomobil yo‘li (150-km) – Navoiy temir yo‘l stansiyasi – “Navoiyаzot" AJ – “Navoiy IES" – “Navoiy elektrokimyo zavodi” avtomobil yo‘lining 4–5-kilometrlar oralig‘ida asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda yo‘lning belgilangan qismida zamonaviy texnologiyalar asosida ta’mirlash ishlari jadal olib borilyapti.
Ushbu jarayonda 10 dona maxsus texnika hamda 20 nafar ishchi-xodimlar jalb qilingan.
Mazkur ishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport qatnovini yanada qulay va sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.
Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati