Xalqaro hamkorlik
-
Turkiya Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi delegatsiyasi a’zolari Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazida bo‘ldilar.
Asosiy faoliyat yo‘nalishi avtomobil yo‘llarining texnik holatini tahlil qilish, baholash va raqamlashtirish, foydalanishni tashkil etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va texnik shartlar berish, katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish, vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, davlat kadastri va yo‘l aktivlarini yuritish bo‘lib hisoblangan mazkur Markaz 2023- yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda.
Avtomobil yo‘llarida harakatlanayotgan og‘ir vaznli va katta hajmli avtotransport vositalarining vaznini o‘lchaydigan ko‘chma va statsionar tarozilar faoliyati, raqamlashtirish, zamonaviy diagnostika texnikalarning funksiyasiga doir savollar berildi.