NAVOIY VILOYATI JARAYON
-
Bahor faslining ilk kunlarida Navoiy viloyati hududida yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Shunga qaramay, viloyat hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘lsozlar tomonidan yo‘llarning soz holatini ta’minlash va harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Navbahor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan yo‘l bo‘ylarida suv qochirish uchun mo‘ljallangan lotoklarga to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash, suv o‘tkazuvchanlikni ta’minlash hamda yo‘l holatini saqlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Konimex tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan avtomobil yo‘llarida to‘planib qolgan yomg‘ir suvlarini o‘z vaqtida chiqarib yuborish, yo‘l qatnov qismini tozalash hamda yo‘llarning texnik holatini saqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Yo‘l tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan mazkur ishlar harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz yo‘l sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda.