Konimex tumanida yo‘l qurilish ishlari davom etmoqda
-
Konimex tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan hududdagi avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, (4R270) “D191 avtomobil yo‘li (162 km) – Baymurot qishlog‘i – Qo‘shquduq qishlog‘i – Darbaza qishlog‘i – Kandibay qishlog‘i – Chordara suv ombori” avtomobil yo‘lida jami 8 kilometr masofada qum-shag‘al aralashmasidan yo‘l poyini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.