9—14-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan «Xon atlas haftaligi»
-
9—14-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan «Xon atlas haftaligi» Navoiy viloyati Konimex tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar orasida ham kо‘tarinki kayfiyatda qarshi olindi.
🇺🇿 Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, milliylikni asrash, o‘zbekona kiyinish madaniyatini, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali qadimiy va barhayot urf-odat, qadriyatlarimizga xos betakror kiyinish uslublarini namoyish qilishga qaratilgan ushbu haftalik doirasida jamoa ayollari milliy liboslarda ishga kelib, faoliyatlarini olib bormoqdalar.