Tizimdagi tashkilotlarga o'quv seminarlari davom etmoqda.
-
Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi mas’ul xodimi M. Hamroev tomonidan Qiziltepa tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur tadbir tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratildi.
Seminarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
Davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlash va ochiq-oshkoralik prinsiplari asosida ish yuritish;
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bu borada qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish;
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish.Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati