Navoiy shahrida yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
-
Navoiy shahrida yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarining sifatini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Transport prokurori hamda Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qo‘llanilayotgan qurilish materiallarining sifati, maxsus texnikalardan foydalanish holati hamda mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi alohida nazorat qilindi.
Mazkur o‘rganishlar hududda transport infratuzilmasini izchil rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda yo‘l tarmog‘ining sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.