Сайт тест режимида..

Rang sozlamalari

Sayt o'lchami

Ekran suxandoni

Xalqaro hamkorlik

  • Turkiya Respublikasining Karayolları Genel Müdürlüğü (KGM) raisi janob Ahmed Gulshan raisligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga keldi.
    Delegatsiya a’zolari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida bo‘lib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib boradilar. Hamkorlar shuningdek Qo‘mita va uning tizim tashkilotlari faoliyati bilan tanishadilar hamda mamlakatimizdagi yo‘l va ko‘prik inshootlarining qurilishi, ta’mirlanish jarayonlarini borib ko‘radilar.

  • Изображение

  • Изображение

  • Изображение

  • Изображение

  • Изображение

    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Turkiya Respublikasi Karayolları Genel Müdürlüğü raisi janob Ahmed Gulshan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
    Qo‘mita raisi J. Tursunov va Qo‘mita raisining o‘rinbosari A. Abdurahmonov O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari, ularning tasnifi, transkoridorlar, logistik lokatsiyalar, mavjud texnikalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish, ta’mirlash, saqlash bo‘yicha ma’lumot berdilar.

  • Изображение

  • Изображение

  • Изображение

    🇹🇷Turkiya Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi janob Ahmad Gulshan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llarining holati, ularning qurilishidan tortib ta’mirigacha bo‘lgan jarayonlar, standartlar, ilmiy ishlanmalargacha bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

    Hamkorlik uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Mahkamov ham ishtirok etmoqda.

    Vazir turk hamkorlarga tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda birgalikda ishlashga, bizning avtomobil yo‘llarining holatini tahlil qilib berish taklifiga rozi bo‘lganliklari uchun mehmonlarga minnatdorlik bildirdi.

    Muzokaralar davom etmoqda.