HUDUDIY BOSHQARMALAR SARHISOBI TINGLANMOQDA
-
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida barcha hududiy boshqarmalari boshliqlari 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yil rejalarining taqdimotini o‘tkazishmoqda.
-
📍Taqdimotda qo‘mita raisi, uning o‘rinbosarlari va boshqarmalar boshliqlari shuningdek, ZOOM platformasi orqali hududiy boshqaramalar tarkibidagi tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishyapti.
🚛Bu galgi navbat Navoiy viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasidan 2024-yilda o‘z tasarrufidagi yo‘l va ko‘priklarni ta’mirlash, saqlash, ekspluatatsiya qilish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yillik rejani qanday yakunlagani to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘raldi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korxona va tashkilotlar balansidagi mavjud avtortransport vositalari, mashina-mexanizmlarning holati, ish hajmi, xalqaro loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan hamkorlik, korrupsion holatlarning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash tartibi, xodimlarning malaka oshirishi va xorijiy tilni o‘rganishiga doir ma’lumotlar sarhisobi tinglandi.
-
Ishida kamchilikka yo‘l qo‘ygan tizim tashkilot rahbarlari faoliyati tanqid ostiga olinib, mavjud holatni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berilmoqda.
🖌Navoiy viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati