Сайт тест режимида..

Rang sozlamalari

Sayt o'lchami

Ekran suxandoni

AYOLLARNI E’ZOZLASH OYLIGI

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-yanvardagi “Ayollarni e’zozlash” oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2-sonli bayoniga muvofiq, Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun mazmunli va maroqli madaniy hordiq tadbiri tashkil etildi.

    Ichki turizmni rivojlantirish, shuningdek, viloyatimizning boy tarixiy-madaniy merosini yaqindan o‘rganish maqsadida xodimlar uchun Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning tasarrufidagi uchta muzeyga sayohat uyushtirildi.

    Sayohat davomida ishtirokchilar Qosim Shayx majmuasi tarixi, majmua hududidagi qadimiy obidalar, maqbaralar va minoralar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan tarixiy ma’lumotlar xotin-qizlarda milliy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada mustahkamladi.

    Mazkur madaniy tadbir xotin-qizlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularning jamoat va mehnat faoliyatidagi faolligini oshirish, shuningdek, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.